Butunjahon boks kengaşi (WBC) rahbariyati amerikalik Deontey Uaylder va britaniyalik Tayson Fyuri örtasida super oğir vazn toifasida çempionlik kamari uçun takroriy jang ötkazişga ovoz berdi.
Boksçilar örtasidagi birinçi jang 2018 yil 1 dekabr kuni bölib ötdi va durang natija bilan yakunlandi.
«Butunjahon boks kengaşining boşqaruvçilar kengaşi bir ovozdan WBC super oğir vazn toifasidagi çempioni Deontey Uaylder va da'vogar Tayson Fyuri örtasida takroriy jang ötkazişga qaror qildi. Ular nafaqat dunyoga sönggi vaqtlardagi eng yaxşi janglardan birini taqdim etişdi, balki jangdan keyin ham özlarini yaxşi tutişdi. Revanşga işqibozlar katta qiziqiş bildirmoqda», - deya WBC rahbari Maurisio Sulaymonning sözlarini keltiradi BoxingScene.
Fyuri va Uaylder qayerda hamda qaçon uçraşişi hozirça noma'lum. Har ikki sportçi ham professional ringda mağlubiyatga uçramagan. Uaylder 39 ğalaba, bitta durangga ega bölsa, Fyuri - 27 ğalaba hamda bir durang.












