Özbekiston ID-karta tizimini yölga qöyişga tayyorgarlik qilmoqda. Hozirda uni amaliyotga joriy etiş böyiça taşkiliy işlar olib borilyapti, xalqaro tajriba örganilmoqda, kerakli jihozlarni xarid qiliş masalasi ham hal qilinişi arafasida. Uşbu turdagi hujjatga ötiş jarayoni 2021 yildan boşlanişi rejalaştirilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz manbasi.
«Gap şundaki, şu paytga kelib, amaldagi biometrik pasportning joriy etilganiga 10 yil töladi va uning muddati tugaydi. Fuqaroning biometrik pasporti muddati tugagan bölsa, yangi ID-karta berilişi nazarda tutilmoqda. Respublika hududida yagona ID-kartani joriy qiliş böyiça tizimli işlar qilinyapti», - deydi suhbatdoş.
Ma'lumot uçun, 2011 yilda amaliyotga tatbiq etilgan biometrik pasport bir vaqtning özida ham xorijga çiqiş, ham mahalliy darajada şaxsni aniqlaştiriş uçun işlatiladi. 2019 yil 1 yanvardan Özbekistonda xorijga çiqiş uçun alohida pasport joriy etiladi va xorijga çiqiş ruxsatini tasdiqlovçi stiker amaliyotdan olinadi. Mahalliy darajada identifikatsion ma'lumot amaldagi biopasportdan ID-kartaga ötkazilişi rejalaştirilmoqda. Bu jarayon yanada tezlaştirilişi va 2021 yilga qadar tugallanişi ham mumkin.
Xalqaro tajribaga köra, hozir köplab rivojlangan davlatlarda elektron ID-kartalar pasportning örnini bosuvçi huquqiy hujjat şaklida joriy etilgan. Unda şaxsning identifikatsion ma'lumotlari xavfsiz holda saqlanadi. Şuningdek, qoğoz tejaladi, barça ma'lumotlar elektron tizimga ötişi munosabati bilan oddiy pasportdan farqli ölaroq qalbakilaştiriş imkoni mavjud emas. Davlat va bank xizmatlarini körsatişda ortiqça qoğozbozlikni kamaytiriş imkoniyati paydo böladi.
IIV xorijga çiqiş pasporti loyihasiga «millati» ustunini qöşmadiÖzbekistonda elektron ID-kartani joriy etiş rejalaştirmoqda











