Xitoy taşqi işlar vaziri örinbosari Le Yuyçen 9 dekabrda AQŞning Xitoydagi elçisini çaqirtirib, AQŞ sörovi bilan Kanadada Huawei moliyaviy direktori Men Vançjouning uşlanişi sababli unga qat'iy norozilik bildirdi.
Xitoy taşqi işlar vazirligi xabarida aytilişiça, Xitoy AQŞdan Men Vançjouning hibsga olinişiga sörovini zudlik bilan qaytarib olişini talab qilmoqda.
“AQŞning bunday harakatlari Xitoy fuqarosining qonuniy huquqlari va manfaatlarini jiddiy buzadi va juda yomon xatti-harakat hisoblanadi. Xitoy şu munosabat bilan öz noroziligini bildiradi va AQŞni yöl qöyilgan xatolarni tuzatiş böyiça çoralar qabul qilib, Xitoy fuqarosini hibsga olişga orderini bekor qilişga çaqiradi”, deyilgan xabarda.
“Xitoy AQŞ harakatlariga mos ravişda keyingi javob çoralarini işlab çiqadi”, deb qöşimça qilgan Xitoy vakili.
Avvalroq Le Yuyçen Kanadaning Xitoydagi elçisi bilan uçraşuvda Huawei moliyaviy direktorining zudlik bilan ozod etilişini hamda uning qonuniy huquqlari va manfaatlariga amal qilinişini kafolatlaşni talab qilgan. “Aks holda bu öz ortidan oğir oqibatlarni keltirib çiqaradi va bunga Kanada tomoni töliq javobgar böladi”, deb aytgan Le Yuyçen.
Huawei Technologies kompaniyasi moliyaviy direktori Men Vançjou 1 dekabrda Vankuverda uşlangan. Men Vançjou firibgarlik, xususan, AQŞ sanksiyalarini çetlab ötgan holda Eron bilan işlaganlik ayblovlari sababli AQŞ murojaati bilan hibsga olingan.

















