Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning 14 nafar tarafdori saylov kampaniyasi vaqtida rossiyaliklar bilan uchrashgan - WP
AQSh prezidenti Donald Trampning kamida 14 nafar tarafdori 2016 yilgi saylov kampaniyasi davomida va Trampning lavozimga kirishishi paytida rossiyaliklar bilan uchrashgan. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.
Rossiyalik fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazganlar orasida Qo‘shma Shtatlar prezidentining farzandlari Ivanka Tramp hamda kichik Donald Tramp, uning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner, advokati Maykl Koen, shuningdek, eski siyosiy maslahatchisi Rojyer Stoun bo‘lgan.
«Rossiya ishi» bo‘yicha prokuror Robert Myullerning ma'lumotlariga ko‘ra, ba'zi rossiyaliklar Trampning tarafdorlariga Rossiya hukumati tomonidan kampaniya qo‘llab-quvvatlanishi borasida taklif bilan chiqishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSh sobiq davlat kotibi Reks Tillersonni anqov va dangasa deb atagandi.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026