O‘zbekistonda ota-onalar kunini belgilash taklifi berildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ota-onalar kunini belgilash va uni bayram sifatida nishonlash haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
“O‘zbek xalqida ota-onaga hurmatda bo‘lish eng yuksak qadriyatlardan biridir. Shu sababdan ota-onalarga hurmat ruhini yoshlar ongiga chuqur singdirishimiz zarur. Ota-onalarga hurmat va e'zoz yuzasidan dunyoning ko‘plab davlatlarida “Ota-onalar kuni” keng nishonlanadi. Masalan, BMTda 1 iyun, AQShda iyul oyining to‘rtinchi yakshanbasi, Koreya Respublikasida 8 may, Vetnamda 7 iyul “Ota-onalar kuni” hisoblanadi”, - deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, shu boisdan mamlakatda ota-onalar kunini bayram sifatida nishonlash kerak. 14 yanvarda “Vatan himoyachilari kuni”, 8 martda “Xalqaro xotin-qizlar kuni”, 1 iyunda “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, 30 iyunda “Yoshlar kuni”, 1 oktabrda “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” keng nishonlanmoqda.
“Davlatimiz tomonidan “Ota-onalar kuni”ni bir sanada belgilash va mazkur kun doirasida oila, ota-onalarning mukarram va ulug‘ligini eslatuvchi targ‘ibot-tashviqot ishlarini, bayram tadbirlarini o‘tkazishni taklif qilamiz”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ishga qabul qilishni DXA orqali amalga oshirish taklif etilgandi.
Mavzuga oid
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
08:34 / 16.05.2024
Soliq qo‘mitasiga eng ko‘p murojaat qaysi hududlardan kelib tushayotgani aytildi
15:07 / 10.04.2024