Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat umumta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan quyidagilar:
Bolalarni davlat umumta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti;
Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali bolalarni davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga qabul qilish xizmati joriy etiladigan davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlanishi mumkin.
Belgilanishicha, 2019 yil 1 martdan boshlab, bolalarni tasdiqlangan ro‘yxat asosida umumta'lim muassasalariga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini olish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qiladilar;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishilgan holda davlat xizmatlari amalga oshiriladigan maktablar ro‘yxatiga belgilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi 2019 yil 1 fevralga qadar:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda “xalq ta'limi” kompleks axborot tizimini joriy etish, rasmiy veb-saytni takomillashtirish, Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali bolalarni qabul qilish joriy etilgan umumta'lim muassasalari haqida ma'lumotlar, ularga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) ro‘yxati, 1-sinfga qabul rejalari hamda Davlat xizmatlari markazlari manzillari haqidagi va boshqa zarur bo‘lgan ma'lumotlarni joylashtirishni;
bolalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali qabul qiluvchi umumta'lim muassasalarining qabul rejalarini tasdiqlab, tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limlari orqali Davlat xizmatlari markazlariga taqdim etishni;
bolalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali qabul qiluvchi umumta'lim muassasalarida mazkur xizmatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish, zamonaviy kompyuter va boshqa uskunalar bilan ta'minlashni;

















