Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi
O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O‘zbekiston boks federatsiyasining taqvim rejasiga asosan shu yilning 10–17 dekabr kunlari Samarqand shahridagi Olimpiya zaxiralari tayyorlash markazi sport majmuasida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada respublikaning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston respublikasi, MHSK, «Dinamo» hamda kasaba uyushmalari jamoalari tarkibidagi 277 nafar charm qo‘lqop ustalari ishtirok etishmoqda.
Ushbu musobaqada terma jamoa favoritlari Hasanboy Do‘smatov, Iqboljon Xoldorov, Rustam To‘laganov, Bobousmon Boturov, Miraziz Mirzaxalilovlar yana bir bor ringda raqiblari bilan kuch sinashadilar.
Musobaqa bu yildan AIBA’ning yangi qonuniga binoan — 52, 57, 63, 69, 75, 81, 91, 91+ kg kabi 8 ta vazn toifasida o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning yarim final janglari 16 dekabr, yakshanba, final janglari esa 17 dekabr dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
22:03 / 26.06.2026