Ukraina mudofaa vazirligi Ukraina ommaviy axborot vositalariga Kerç böğozida noyabr oxirida ukrain kemalarining Rossiya suv hududiga noqonuniy kirib borişi bilan boğliq yuz bergan voqea böyiça ma'lumotlarni taqdim qilişdan boş tortdi.  

Ukraina mudofaa vazirligining harbiy-dengiz kuçlari qömondoni Igor Voronçenko tomonidan imzolangan javobida aytilişiça, jurnalistlar söragan ma'lumot mamlakatning mudofaa sohasidagi davlat sirini öz içiga oluvçi ma'lumot hisoblanadi.  

Ukraina rahbariyati bungaça harbiy kemalarining Kerç böğozidan ötişi tinç missiya bölganini ta'kidlab kelgan. 

Rossiya tomonining fikriça, Ukraina iğvogar harakatlar sodir etgani foş bölişini istamayapti. Bu haqda Qrim jamoatçilik palatasi rahbari örinbosari Aleksandr Formançuk aytib ötdi. 

«Ular iğvogar harakatlar nuqtai nazaridan ularni foş qiladigan ma'lumotlarni oşkor qilmoqçimas. Ular tahlil nuqtai nazaridan Kiyev uçun yoqimsiz böladigan ma'lumotni yaşirişmoqçi», deb aytgan Formançuk.

Uning aytişiça, Kiyevning bu qarori katta ahamiyatga ega emas. «Biz Ukraina tölaqonli flotga ega emasligini, harbiy-dengiz kuçlari yetarliça jiddiy emasligini bilamiz. Biroq ular şu oz narsadan ham iğvo maqsadida faol foydalanişmoqda», deb izoh bergan Qrim vakili.