Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaysi futbol klubining rasmiy saytiga jahon bo‘ylab eng ko‘p odam kirishi ma'lum bo‘ldi
Foto: AFP
«Real» prezidenti Florentino Peres kecha Rojdestvo arafasida ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan bayram tushligi uyushtirdi va unda nutq so‘zladi.
Peres o‘z tabrigida klubning so‘nggi uch mavsumdan buyon ketma-ket ravishda YeChLda g‘olib chiqayotgani, oxirgi 5 yil ichida esa 4 marta bosh sovrinni qo‘lga kiritganiga alohida urg‘u bergan. U, shuningdek, jamoa a'zosi Luka Modrich «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritganiga to‘xtalib o‘tgan.
Qolaversa, 71 yoshli rahbar shu yil «Real» o‘z tarixida ilk marta ham futbol, ham basketbol bo‘yicha Yevropada tengsiz klub bo‘lganini qayd etib o‘tdi.
«Klubimiz Ispaniyada [futbol jamoalari ichida] birinchi bo‘lib mamlakat miqyosida bepul ko‘rish mumkin bo‘lgan va HD sifatga ega televizion kanal faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Realmadrid.com – futbol klublari orasida jahonda eng ko‘p tashrifchiga ega rasmiy sayt bo‘lib turibdi», - deb aytdi Peres.
Klub prezidentining qo‘shimcha qilishicha, «Real»ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatuvchilar soni 312 mln nafardan oshadi.
Mavzuga oid
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:47 / 08.05.2026
«Real» ikki futbolchisini mushtlashgani uchun 500 ming yevro jarimaga tortdi
12:16 / 23.03.2026