O‘zbekiston | 18:50 / 13.12.2018
22054
1 daqiqa o‘qiladi

To‘lov-kontraktdan qarzini to‘lash muddati yil oxirigacha uzaytirildi

O‘zbekiston oliygohlarida kontraktdan qarzni to‘lash muddati uzaytirildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy Telegram kanalida xabar qilinishicha, quyidagi toifadagi talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati joriy yilning 31 dekabr (shu kuni ham) kuniga qadar uzaytirildi:

👉 «superkontrakt» asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun;

👉 bakalavriat va magistraturasiga tavsiya etilgan xorijiy fuqarolar uchun;

👉 OTMlarning ikkinchi va undan yuqori kursida tahsil olayotgan talabalar uchun.

O‘zbekiston OTMlarida kontrakt pulini to‘lash muddati avval ham uzaytirilgandi. Avvaliga 1-kurslar uchun to‘lov muddati 15 sentabrdan 30 sentabrga, superkontraktchilar uchun esa 31 oktabrgacha uzaytirilgan edi. Keyinroq 1-kurslar uchun kontrakt pulini to‘lash muddati 31 oktabrgacha, 2- va undan katta kurs talabalari uchun 15 noyabrgacha uzaytirilgan.

Mavzuga oid