2018 yil 8 dekabrda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Boşlanğiç ta'limga bolalarni majburiy 1 yillik tayyorlovga bosqiçma-bosqiç ötiş çoralari haqida"gi 999-sonli qarori tasdiqlangan edi. Yangi qarorga köra, öqitiş davomida innovatsion pedagogik texnologiyalar, samarali uslub va metodlar qöllaniladi.

Bolalarni maktabga majburiy tayyorlaş böyiça pilot loyihasi Qoraqalpoğiston Respublikasi, Farğona viloyati va Toşkent şahrida amalga oşirilgandi. Guruhlar maktabgaça ta'lim muassasalariga bormaydigan bolalardan tarkib topdi.

«Maktabgaça ta'lim vazirligining ekspert guruhi muntazam ravişda ta'lim sohasidagi monitoringni amalga oşirib keladi. Xususan, ular 1-sinf öquvçilarida tayyorgarlik darajasi turli ekanligi aniqladilar. Ba'zi ota-onalar oldindan öz farzandlarini tölov evaziga tayyorlov kurslarga olib boradilar, ammo har bir oilaning moliyaviy imkoniyati birdek teng emas. Öqişga tayyor bölmagan bola zöriqişni boşdan keçirişini bir tasavvur qiling. U sinfdagi tengdoşlariga nisbatan özi bilimsizroq va intellektual kuçsiz his qiladi. Bu esa uning özini-özi baholaşda va öqişga bölgan iştiyoqida aksini topadi. Bu muammo yaxşi tayyorlangan bolalarga ta'sir etmay qolmaydi, çunki pedagog tayyorgarligi past öquvçilarga materialni tuşuntirgunga qadar kuçli bolalar zerikib ötirişga majbur böladilar. Natijada biz intizomning yomonlaşuvi va öqişga bölgan qiziqişning pasayişini kuzata boşlaymiz. Maktabgaça ta'lim vazirligi barça uçun teng imkoniyatlarni taqdim etiş tarafdoridir. Davlat va xususiy maktabgaça ta'lim muassasalari tarbiyalanuvçilarini boşlanğiç ta'limga tayyorlaş haqidagi masala «Ilk qadam» dasturi kömagida hal etildi. Bu dastur doirasida bolalar zaruriy kompetensiyalarga ega böladilar. Endilikda Maktabgaça ta'lim muassasaga bormaydigan bolalar ham 1 haftada 15 soat mobaynida mazkur dasturni özlaştiradilar. Agarda bola litsenziya asosida faoliyat yurituvçi maktabgaça tayyorlov muassasasiga qatnayotgan bölsa, u majburiy 1 yillik kursidan ozod etiladi», — deydi Maktabgaça ta'lim vazirligi boşqarmasining boş mutaxassisi Yelena Tsay.

Bepul 1 yillik tayyorlov dasturini joriy etiş bilan boğliq Qaror eng yaxşi jahon amaliyotlari asosida qabul qilindi, bu amaliyotni joriy qilgan mamlakatlar yuqori malakali inson resurslari hisobiga iqtisodiy rivojlanişda peşqadamlik qilmoqdalar.