2019/2020 öquv yilidan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida bolalarni boşlanğiç ta'limga majburiy bepul bir yillik tayyorlaş tizimi joriy etiladi, deb yozmoqda Norma.
 
Maktabgaça ta'lim vazirligining uşbu sohadagi asosiy vazifalari belgilandi. Xususan, u maktabgaça ta'limga qamrab olinmagan bolalar uçun tayyorlov guruhlarini şakllantiradi.
 
Tayyorlov guruhlari uçun:

2019/2020 öquv yili 2020 yil 10 martdan boşlanadi va 20 avgustda tugaydi;

2020/2021 öquv yilidan boşlab öquv yili har yili 2 sentyabrdan boşlanadi va keyingi yil 25 mayda tugaydi.

Bolalar boğçalarida hamda ulardan taşqari taşkil etiladigan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvçilari boşlanğiç ta'limga tayyorgarlikdan ötgan deb hisoblanadi va majburiy bepul bir yillik tayyorlovdan ozod etiladi. 

Uşbu muassasalarda ta'lim olgan bolalarga boşlanğiç ta'limga majburiy bir yillik tayyorlovdan ötganlik töğrisida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
 
2020–2025 yillarda bolalarni majburiy maktabgaça ta'lim bilan qamrab olişning maqsadli körsatkiçlari belgilandi. 2024/2025 öquv yiliga kelib 6 yoşdagi bolalar maktabgaça ta'lim bilan 100% qamrab olinadi.
 
Qaror bilan Bolalarni boşlanğiç ta'limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
 
Tayyorlov guruhlari bolalar boğçalarida taşkil etiladi. Ular mavjud bölmaganda yoki bunga şart-şaroitlar bölmaganda, boşqa binolarda taşkil etiladi. Guruhda bolalarning böliş vaqti 3-4 soatdan iborat, öquv jarayoni esa bir yoki ikki smenada taşkil etiladi, bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oşmasligi lozim.
 
Hujjat 10.03.2020 yildan kuçga kirdi.