Prezident Şavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni Qarşi şahrida bölib ötgan yiğilişda Qaşqadaryo iqtisodiyotini tarkibiy özgartiriş, odamlarni iş bilan ta'minlaş yöllarini körsatib ötdi.

«Ijtimoiy masalalarni hal qiliş uçun avvalo iqtisodiyotni rivojlantiriş kerak. Şu bois 2019-2020 yillarda sanoat, qişloq xöjaligi, xizmat körsatiş va boşqa sohalarda amalga oşiriladigan 1 ming 200dan ziyod loyiha böyiça takliflar işlab çiqildi», - degan Şavkat Mirziyoyev.

Prezident matbuot xizmati xabar berişiça, joriy yilda viloyatga 63 mingdan ziyod xorijlik sayyoh kelgani, lekin bu judayam kamligi qayd etildi. Bu sohadagi barça imkoniyatlarni işga soliş, Şahrisabzni festivallar şahriga aylantiriş böyiça körsatmalar berdi.

Videoselektorda qişloq xöjaligidagi natijalar qoniqarsizligi, paxtaçilikda jiddiy kamçiliklarga yöl qöyilgani tanqid qilingan.

«Bizdagi suv bilan 1,2 million tonna emas, 3 million tonna oliş mumkin. Paxtaçilikda asosiysi suv emas, melioratsiya. Yerga uruğ qadaşdan oldin ozuqa beriş kerak. 27 yilda paxtaçilikda nima karomat körsatdik? Bir paytlari akademiklarimiz, olimlarimiz bor edi, har xil navlarimiz bor edi.

Paxta hosili yaxşi bölişida nav ham yaxşi bölişi kerak. Qaşqadaryo navi bormi? Janob Röziyev (Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyev - tahr.) esa nav çatoq çiqdi deydi, suv yöq deydi. Suv keragidan ortiq bölgan.

Paxta menga kerakmas. Menga paxtani bajarganlaring kerak emas. Odamlarni rozi qiliş kerak. Keça borganim paxta qabul qiliş punktiniyam sotamiz, paxtaniyam özlari qilişadi. 

Paxtani kalava qilib sotiş kerakmas, bunaqa rahbar bölmang. Bunga ruxsat bermayman. Kalava qiliş eng oğir iş. Biz şunga örganib olgandik. Qöşimça qiymat qilib Xitoyga sotardik.

Mana Bangladeşni qaranglar. Bu davlat bir gektar ham paxta ekmaydi. Lekin paxta mahsulotidan 37 milliard dollarlik eksport qiladi. Hindistondan sifatsiz paxtani olib, Özbekiston paxtasi bilan aralaştirib, 37 milliard dollarlik mahsulot eksport qilmoqda», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Yiğilişda kelgusi yili viloyatda paxta yetiştirişni 52 foiz maydonda klaster usuliga ötkaziş, tayyor mahsulotlar eksportini ikki barobar oşiriş vazifasi qöyilgan.

Davlat rahbari Yakkaboğ, Qamaşi, Şahrisabz, Kitob tumanlarida 10 ming gektar maydonda uzum, Çiroqçi va Koson tumanlarida 20 ming gektar lalmi yerda tarvuz yetiştiriş imkoniyatlarini körsatib ötgan. Dehqon xöjaliklari va tomorqalarga nöxat, moş, loviya, kunjut kabi bozorbop mahsulotlar ekiş odamlarga iş, qöşimça daromad bölişi ta'kidlangan.