Mirzahakim To‘xtamirzayev sharhlovchilik faoliyatiga qaytdi

Taniqli sport jurnalisti Mirzahakim To‘xtamirzayev futbol sharhlovchiligi faoliyatiga qaytdi.
Tribuna.uz xabariga ko‘ra, tajribali sharhlovchi shu haftadan e'tiboran «UzReport TV» va uning tasarrufidagi «Futbol TV» telekanallari bilan hamkorlikda ishlay boshlagan. Shu bilan birga, u asosiy ish joyi – «O‘zbekiston futboli», «Sport» va «Sport plyus» gazetalarida bosh muharrir sifatidagi faoliyatini ham davom ettiradi.
Mirzahakim To‘xtamirzayev bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadigan «Real»–«Rayo Valekano» uchrashuvini jonli efirda sharhlab boradi. Ertaga esa «Sauthempton»-«Arsenal» o‘yini efirida mikrofon qarshisida bo‘ladi.
Ma'lumot uchun, To‘xtamirzayev Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini tamomlagan. Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi va dotsent unvoniga ega. Televideniyeda 1992 yildan futbol o‘yinlarini sharhlay boshlagan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi
Jamiyat | 15:26
-
Taxtaqoracha dovonida yana yong‘in chiqdi
Jamiyat | 15:21
-
Ilon Mask «Amerika» nomli yangi partiya tuzishini e’lon qildi
Jahon | 15:19
-
O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Sport | 15:09
Mavzuga oid

19:36 / 26.06.2025
Kun.uz muharriri Aziz Qarshiyev va siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov davlat mukofoti bilan taqdirlandi

13:22 / 12.05.2025
“Haqoratlamasligim sabab sharhlovchilikka chaqirilganman” – Mirzahakim To‘xtamirzayev bilan intervyu

10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi

20:58 / 02.05.2025