O‘zbekistonda prezident farmoyishi bilan «Vatanparvarlik oyligi» boshlandi
O‘zbekiston prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishni imzoladi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, farmoyish bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga bag‘ishlangan vatanparvarlik oyligini 2018 yil 15 dekabrdan 2019 yil 15 yanvarga qadar o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
Bu safargi bayram tadbirlari tashkiliy jihatdan oldingilaridan ma'nan va mazmunan farq qilishi ko‘zda tutilgan. Ularda milliy armiyaning tarixi, amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari, mamlakat tinchligi va osoyishtaligini himoya qilishda Qurolli Kuchlar salohiyati, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol shaxs sifatida kamol topishida armiyaning muhim o‘rni, harbiy xizmat haqiqiy mardlik, fidoyilik, matonat va sadoqat maktabi ekani namoyish etiladi.
Shuningdek, ishchi guruh harbiy-ma'muriy sektorlar bilan hamkorlikda Dasturda belgilab berilgan bayram tadbirlarini «Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!» degan umumiy g‘oya ostida tashkiliy jihatdan yuksak saviyada amalga oshirish, davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlari tomonidan o‘zlari tahsil olgan oliy ta'lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablarida «Mardlik va jasorat» mavzusidagi darslar o‘tkazishi belgilangan.
Xususan, «Vatanparvarlik oyligi» davomida «Harbiy-vatanparvarlik karvonlari»ning ta'lim muassasalariga tashrifini uyushtirish, o‘spirin yoshlar o‘rtasida «Men, albatta harbiy bo‘laman!» tanlovini o‘tkazish, Yoshlar o‘rtasida “Harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi «Eng yaxshi selfi» tanlovini tashkil etish, harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi «Eng yaxshi mahalla» va «Eng yaxshi Jasorat klubi» tanlovini o‘tkazish kabi ko‘plab vazifalar ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
13:57 / 26.04.2021
Prezident Toshkentdagi har bir mahallaga 2 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratish bo‘yicha topshiriq berdi
08:58 / 22.01.2021
Kollejlar tizimi to‘lig‘icha Mehnat vazirligiga o‘tkaziladi – Prezident
17:24 / 26.12.2020
Prezident bilan uchrashuv haqida yoshlar qanday fikrda?
08:07 / 14.12.2020