Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekneftgaz» 2,3 mlrd dollarlik moliyalashtirishni jalb qilmoqda
Foto: Eric Gay/AP/REX/Shutterstock
O‘zbekistonning neft va gaz sohasidagi eng muhim investitsion loyihalaridan biri bo‘lgan Uzbekistan GTL loyihasini amalga oshirish doirasida bugun, 15 dekabr kuni Toshkent shahrida umumiy qiymati 2,3 mlrd AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish hujjatlarini imzolash marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida qurilayotgan GTL zavodi YeVRO-5 standartlariga javob beradigan 1,5 mln tonnadan ortiq yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqaradi. Bu kabi GTL yoki «gazdan suyuqlik» texnologiyasiga asoslangan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar dunyo bo‘ylab sanoqlidir - ular JAR, Malayziya va Qatarda mavjud.
Loyihani amalga oshirish tabiiy gazni chuqur qayta ishlash quvvatini kengaytirish, uglevodorod xom ashyosi importini qisqartirish, yuqori sifatli va ekologik toza yoqilg‘iga ichki ehtiyojni qoplash hamda bozorni mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarilgan strategik mahsulotlar bilan ta'minlash imkonini beradi.
Yangi yuqori texnologik ishlab chiqarish O‘zbekiston neft va gaz sanoatiga uglevodorodlar chuqur qayta ishlashining yangi bosqichiga o‘tish imkonini beradi.
Zavodni 2020 yilda ishga tushirish yiliga qiymati 1 mlrd dollarga teng bo‘lgan neft mahsulotlarining umumiy miqdorda 1,5 mln tonnagacha import o‘rnini bosish imkonini beradi.
Mavzuga oid
19:34 / 15.11.2025
«O‘zbekneftgaz» to‘lagan soliqlar 16 foizga, «UzAuto Motors»niki qariyb 43 foizga qisqardi
15:54 / 02.09.2025
Birjada AI-80 benzini sotuvi to‘xtatildi
15:00 / 02.09.2025
120 tonnalik minorani yiqitgan olov: “O‘zbekneftgaz”gaz qudug‘idagi avariya qanday jilovlangani haqidagi videoni namoyish qildi
20:55 / 15.08.2025