Rossiya: Pentagon Shoyguning taklifini nazarga ilmayapti
Pentagon Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitimga amal etish muammosini muhokama qilish bo‘yicha taklifini e'tiborsiz qoldiryapti, deya ma'lum qildi RF Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shoygu amerikalik hamkasbi Jyeyms Mettisga O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi qarama-qarshilikni muhokama etishni taklif qilgan.
«Orada uch kun o‘tib ham, Rossiya Mudofaa vazirligining bu taklifiga AQSh harbiy mahkamasi rasmiy munosabat bildirgani yo‘q», - deya ma'lum qildi Konashenkov.
Shoygu tomonidan Mettisga berilgan yana bir nota Suriyadagi vaziyatga tegishli bo‘lgan.
AQSh va NATO Rossiyani O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitimni buzganlikda ayblamoqda - 9M729 raketa tizimi uning shartlariga zid ekani aytiladi. Rossiyaning iddao etishicha, ushbu raketa masofasi 500 kilometrdan oshmaydi, bitim shartlari esa buzilmagan. 4 dekabr kuni AQSh agar Rossiya 60 kun ichida uni bajarishga qaytmasa, bitimdan chiqishi haqida ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi yana bir bitimdan chiqib ketishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024