Jamiyat | 15:36 / 15.12.2018
11285
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkor ayolni 48 000 000 so‘mga aldab ketishdi

Joriy yilning 3 oktabr kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi A.O‘. (ayol) tanishi, Chilonzor tumanida yashovchi, xususiy tadbirkor, T.X. (ayol)ning uyida unga oziq-ovqat va tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni arzon narxda olib kelib berishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs uni aldab ishonchiga kirib, 48 000 000 so‘m pulini olib, bergan va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ma'lum bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida A.O‘. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid