Amerikaning Virgin Galactic xususiy kosmik kompaniyasi SpaceShipTwo turistik suborbital kosmik apparatining navbatdagi sinovini ötkazdi va darhol kosmik balandlik çegarasiga yetdi.

Foto: twitter.com/virgingalactic

Kompaniyadagilar ilgariroq bunday balandlik sifatida AQŞ HHK singari Yer sirtidan 80 kilometr yuksaklikni tuşunişini e'lon qilgandi. Kosmoplan 82,7 km balandlikkaça çiqdi va yana yerga qaytib qöndi. Kompaniya parvozning muvaffaqiyatli amalga oşirilganini “Tvitter” orqali xabar berdi.

SpaceShipTwo kosmik apparatini WhiteKnightTwo samolyot taşuvçisi havoga kötardi. Xuddi oldingilari singari parvoz Kaliforniya ştatidagi Moxvaye çölidagi aerodromdan amalga oşirildi.

14 kilometr balandlikka çiqqan samolyot kosmoplanni qöyib yuborgan, u esa raketa dvigatelini işga solib, tezlantiruvçining 42 soniyalik işidan söng stratosferadan mezosferaga ötgan va qariyb 83 km balandlikka erişgan. Kompaniyaning qöşimça qilişiça, SpaceShipTwo tovuş tezligini 2,9 marta ortda qoldirgan. 

Parvozlar uçun mezosfera öziga xos “ölik zona” hisoblanadi — bu yerda havo samolyotlar yoki aerostatlarning parvozini ta'minlaş uçun siyraklik qiladi (50 km balandlikda havo ziçligi dengiz sathidagidan 1000 barobar kamroq) bir vaqtning özida bunday past orbitada sun'iy yöldoşlar uçiriş uçun ziç hisoblanadi.

Parvozdan bir neça daqiqa ötgaç mezosferada SpaceShipTwo sekin-asta pasaya boşlagan va alal-oqibat Moxave çölidagi öşa aeroportga qöngan.

Virgin Galactic kompaniyasi xöjayini britaniyalik milliarder Riçard Brenson ham sinovlardan şaxsan qatnaşgan. Parvoz muvaffaqiyatli amalga oşirilgaç, u SpaceShipTwoʻning bortiga yölovçilarni olgan ilk turistik parvozi 2019 yilning martida amalga oşirilişini aytib ötgan. Brensonning özi ham bu yölovçilardan biri bölişiga alohida urğu bergan.