Jahon | 08:20 / 17.12.2018
22590
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiya tufayli Arktikadagi mashqlardan voz kechdi

Foto: MC2 Micheal H. Lee/AP

AQSh Sohilni qo‘riqlash xizmati Rossiyadan yordam so‘rashdan qo‘rqib, Arktikada mashg‘ulotlar o‘tkazishdan bosh tortdi. Bu haqda Business Insider xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari mamlakatning yagona og‘ir muzyorar kemasi - Polar Star buzilib qolishidan xavotirlangan.

Qayd etilishicha, bunday holatda Qo‘shma Shtatlar muzyorarni saqlab qolish uchun Rossiyadan yordam so‘rashi kerak bo‘lardi.

Shu bilan birga, Amerika tomoni Arktika uchun kurashda, xususan, muzyorarlarning yetishmasligi tufayli turli muammolarga duch kelmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Arktika uchun poygada mag‘lub bo‘lishi mumkin ekani xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, Amerika muzyorar kemalar floti eskirib qolgan kemalar va ularning kam soni tufayli Rossiya bilan raqobatlasha olmaydi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid