Jahon | 16:08 / 04.12.2018
22406
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh Arktika uchun poygada mag‘lub bo‘lishi mumkin

Foto: U.S. Coast Guard Pacific Area

Amerika muzyorar kemalar floti eskirib qolgan kemalar va ularning kam soni tufayli Rossiya bilan raqobatlasha olmaydi. Bu haqda NBC News telekanali jurnalisti Sabrina Shankman yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh arktika flotida ikkita muzyorar bor - 40 yil muqaddam qurilgan «Qutb yulduzi» va 2000 yilda suvga tushirilgan «Xili» ilmiy kemasi. Shankmanning aytishicha, «Qutb yulduzi» kutilgan xizmat muddatini ancha vaqt muqaddam tugatib bo‘lgan va hozirgi paytda tez-tez ishdan chiqmoqda.

Uning eslatishicha, Amerika muzyorar kemalar floti faqatgina besh yildan so‘ng yana bitta kema bilan to‘ldirilishi mumkin. Shu bilan birga, Arktika hududida 40ta rus kemasi bor.

«Amerika Qo‘shma Shtatlari Arktikani e'tiborsiz qoldirdi. Biz Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi kelajakdagi asosiy dengiz yo‘lini yo‘qotdik. Okean ustidan nazoratni Rossiya va Xitoyga boy berib qo‘yamiz», - deya AQSh Vakillar palatasi a'zosi Jon Garamendining so‘zlarini keltiradi NBC.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh elchisi Rossiya fitnalardan voz kechmasligi, Polsha ruslar tajovuzidan himoya qiluvchi qo‘rg‘on ekanini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid