Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya parlamenti Lion Air aviakompaniyasidan yangi Boeing’lar sotib olmaslikni talab qildi
Foto: EPA
Indoneziya parlamenti mamlakatdagi eng yirik xususiy aviakompaniya Lion Air’ning Boeing 737 Max 8 samolyoti oktabr oxirida halokatga uchragani sababli aviakompaniyadan Boeing kompaniyasi bilan Boeing 737 Max seriyasidagi samolyotlarni sotib olish bo‘yicha kelishuvdan voz kechishni talab qildi.
“Kompaniya parvozlar xavfsizligini ta'minlash uchun shartnomani bekor qilishiga umid qilamiz”, deb aytgan Indoneziyaning hukmron Demokratik partiyasi deputati Aleks Luqmon. U bu samolyotlar xavfsiz emasligini ta'kidlab o‘tgan. Deputat Lion Air samolyoti halokatidan tashqari, yaqinda Norwegian Air’ga qarashli Boeing 737 Max 8 layneri dvigatel bilan bog‘liq muammo sababli Eronda majburiy qo‘nishni amalga oshirganini eslatib o‘tgan.
29 oktabrda Lion Air’ga tegishli Boeing 737 Max 8 samolyoti Jakartadan Pankalpinang shahriga JT610 reysini amalga oshirayotganda halokatga uchragandi. Samolyotdagi barcha 189 kishi halok bo‘lgan. Bort qayd qilgichidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, laynerda kamida 6 ta texnik muammo aniqlangan.
Halokatdan keyin Lion Air vakillari 22 mlrd dollarga 190 ta samolyot yetkazib berilishi bo‘yicha kelishuv bekor qilinishi mumkinligini aytishgan.
Mavzuga oid
07:48 / 05.02.2026
Jahon aviabozoridagi talab: Boeing va Airbus’ning 2025 yilgi buyurtma kitobi
19:34 / 11.01.2026
Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
19:20 / 30.11.2025