Jigarni yaxshilovchi va ortiqcha vaznni tashlashga yordam beruvchi mahsulot ma'lum qilindi

Foto: Depositphotos
Janubiy koreyalik olimlar qora (yovvoyi) guruch ortiqcha vaznga qarshi kurashda yordam berishi va semirishning oldini olishi haqidagi xulosaga kelishdi. Bu haqda Food News portali ma'lum qildi.
Ilmiy guruh ortiqcha vaznga ega tajriba sichqonlarida tadqiqot o‘tkazdi. Tajriba davomida sichqonlarga qora guruch berilgan.
Aniqlanishicha, ushbu guruchni iste'mol qilish jigarda va yog‘ to‘qimalarida lipidlar (yog‘lar) to‘planishi va xolesterin darajasini kamaytiradi. Shu tariqa, qora guruch yuqori kaloriyali oziq-ovqat iste'mol qilishning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga yordam beradi va ortiqcha vazn to‘plash tezligini kamaytiradi.
Olimlarning ta'kidlashicha, qora guruchda oq guruchga nisbatan ko‘proq miqdorda antioksidantlar, oqsil, kletchatka (biriktiruvchi to‘qima) va kam miqdorda shakar bor. Bundan tashqari, qora guruchning glikemik indeksi (qondagi shakar miqdoriga ta'siri) 42,3ni, oq guruchniki esa 64ni tashkil qiladi. Bularning barchasi qora guruchni sog‘liq uchun bezarar holda ochlik hissini uzoq vaqt qondirishga imkon beruvchi parhez mahsulot qiladi.
Qora guruchning ilmiy nomi suv tsitsaniyasi bo‘lib, boshoqli o‘simliklar oilasiga kiradi. Soddaroq aytadigan bo‘lsak, u 1,5-3 metrgacha balandlikka yetadigan botqoq o‘simligi bo‘lib, oddiy guruchning yaqin turdoshi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi
Jahon | 10:45
-
Toshkentda elektromobil yonib ketdi
O‘zbekiston | 10:24
-
Parijda AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Jahon | 10:18
-
Noyob tarixiy boyliklarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi
O‘zbekiston | 09:41
Mavzuga oid

17:46 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida

09:11 / 20.12.2023
Sekin ovqatlanish orqali ortiqcha vazndan xalos bo‘lish mumkin – tadqiqot

16:08 / 04.12.2023
Tadqiqot: O‘zbekiston aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega

23:31 / 03.03.2023