O‘zbekiston | 16:39 / 18.12.2018
30264
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda operatorni o‘zgartirganda raqamni saqlab qolishga ruxsat beriladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda operatorni o‘zgartirganda telefon raqamini saqlab qolishga ruxsat beriladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi loyihasida aytiladi.

Vazirlik bu jarayon aynan qanday amalga oshirilishini tasvirlaydigan nizom loyihasini tayyorladi.

Masalan, xizmat pullik bo‘ladi. Raqamni o‘tkazish 180 kun davomida bir marotaba bilan cheklanishi rejalashtirilmoqda.

«Mobil aloqa operatorlari uchun ajratilgan raqamlar o‘tkazilishi mumkin bo‘ladi. Raqamni ko‘chirishga bog‘liq holda terish shaklini o‘zgartirish qabul qilinmaydi», - deyiladi loyihada.

Faqat mobil aloqa raqamini o‘tkazish mumkin - qaydlangan telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun foydalaniluvchi raqamlarni mobil aloqa tarmoqlariga va aksincha tarzda o‘tkazish taqiqlanadi. Agar raqam noto‘g‘ri o‘tkazilsa, uni qaytarish mumkin - bu holat ham yozib qo‘yilgan.

Loyiha 2019 yil 2 yanvarga qadar muhokamada bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid