Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya Liga kubogi. «Manchester Siti» yarimfinalga yo‘l oldi
Foto: Manchester City FC
Angliya Liga kubogining chorak finalidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning amaldagi g‘olibi «Manchester Siti» «Lester» mehmoni bo‘lib, asosiy vaqtda 1:1 hisobidagi durangga rozi bo‘ldi. Penaltilar seriyasida mezbonlar muvaffaqiyatsiz qatnashib, «shaharliklar»ni yarimfinalga kuzatib qo‘ydi.
Boshqa bir bahsda ikkinchi va uchinchi liga jamoalari – «Midlsbro» va «Berton» to‘qnash keldi. Ikkinchi bo‘lim boshida urilgan Jyeyk Hesket tomonidan urilgan gol uchinchi divizion vakili «Berton»ni Liga kubogi yarimfinaliga olib chiqdi.
Bugun Londonda o‘tadigan ikkita o‘yin final ostonasiga qadam qo‘yadigan yana ikki jamoani aniqlab beradi. Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:45da «Chelsi» «Bornmut»ga qarshi, «Arsenal» esa «Tottenhem» bilan maydonga tushadi.
Angliya Liga kubogi
Chorak final, 18 dekabr
Lester – Manchester Siti 1:1 (0:1)
Penaltilar bo‘yicha - 1:3
Gollar: 0:1 – 14 de Bryuyne, 1:1 – 73 Olbrayton.
Lester – Uord, Simpson, Seyundjyu, Fuks, Maguayr, Ndidi, Iborra (Olbrayton, 61), Gezzal (Meddison, 53), Chouduri, Grey, Ixeanacho (Rikardu Pereyra, 81).
Manchester Siti – Murich, Uoker, Erik Garsiya, Otamendi, Stounz, Foden, Zinchenko, Marez, de Bryuyne (Gyundogan, 71), Braim Dias (Sterling, 66), Aguero (Gabriel Jyezus, 76).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 1:2, 1:3.
Ogohlantirishlar: Foden (50), Gyundogan (85).
Midlsbro – Berton 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 48 Xesket.
19 dekabr (bugun tunda)
00:45. Chelsi – Bornmut
00:45. Arsenal – Tottenhem
Mavzuga oid
19:19 / 23.08.2025
O‘zbekiston MOQ va futbol assotsiatsiyasi rahbariyati “Manchester Siti“ klubining infratuzilmasi bilan tanishishdi
10:32 / 17.08.2025
«Siti» va «Barsa» yirik g‘alabalar bilan boshlashdi. Kun o‘yinlari
12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi
11:59 / 27.06.2025