Matbuot – ommaviy kommunikatsiya vositalarining bir qismi. Tarixçilar birinçi gazeta miloddan avvalgi II asrning örtalarida Qadimgi Rimda paydo bölgan, deyişadi. Öşa paytda gazetalar taxtaçalarga yozib tarqatilgan, ammo öz vazifasini a’lo bajargan ekan. Dastlab norasmiy yangiliklarni tarqatiş vositasi bölgan bunday «taxta matbuot» tezda hokimiyat nazariga tuşib, Yuliy Tsezarning topşiriğiga binoan unga senat yiğilişlari hisobotlari, harbiy sarkardalarning bayonotlari va qöşni davlat hukmdorlarining murojaatlari kiritiladigan bölgan.
Şunday qilib, yangiliklardan boxabar böliş uçun öylab topilgan matbuot hali özining kurtak holatidayoq bir miqdorda jamoatçilikning qölidan çiqib, davlat ta’siriga uçragan.
«Rim xalqining kundalik işlari» – mazkur nomdagi ommaviy kundalik naşri milodning III asrigaça çop qilingan, sal keyinroq bunga öxşaş yangiliklar naşri Xitoyda yölga qöyilgan. Demak, XVII asrga kelib gazetaning biz taniydigan şakli paydo bölguniga qadar uning turli qiyofadoşlari mavjud bölgan. Mazkur şaklga eng yaqini «awiso» deb nomlanib, u Italiyada XVI asrda paydo böldi. Qölda yozilgan «awiso» butun Yevropaning siyosiy va iqtisodiy yangiliklarini yoritgan.
«Gazeta» nomi esa Italiyada muomalada bölgan «gazzetta» mayda çaqasi (tangasi) nomidan olingan. Bu çaqaga odatda Venetsiyada bir varaq qölda yozilgan yangiliklarni sotib oliş mumkin bölgan.
«Stanok»
Bosmaxona dastgohi ixtiro qilinişi bilan yangi davr boşlandi. XVII asr dunyoga yangi, aslini olganda, ma’rifatga xizmat qiluvçi kuçni olib keldi, biroq endi nafaqat yangiliklarni öz vaqtida ommaga yetkaziş va foydali fikrlarni barçaga yetkazişning, balki axborotning katta oqimiga mazmun va yönaliş berişning qudratli imkoniyati paydo böldi. Gazeta orqali nafaqat yangiliklar bilan bölişişingiz, xizmat va mahsulotingizni reklama qilişingiz, balki öz imperiyangiz va qirolligingiz fuqarolariga yuritayotgan siyosatingizni «ijobiy» körsatişingiz, omma dunyoqaraşiga ta’sir etişingiz mumkin böldi. Axborotni majburlab odamlar ongiga singdiriş amaliyoti, qaysidir ma’noda majburiy obunaning kurtaklari şu payt keng kölam ola boşladi.
Mavzuga oid
Eng birinçi davriy naşr sifatida Strasburg şahrida Iogann Karolyus tomonidan taşkil qilingan «Relation aller Furnemmen und gedenckwurdigen Historien» («Buyuk xabarlar va yodda qoladigan voqealar sarhisobi») gazetasi e’tirof etiladi. Karolyus bosma stanokdan foydalanib, gazeta narxini tuşirişga va sotuv hajmini kötarişga erişgandi.
Keyingi 50 yil mobaynida Yevropaning boşqa mamlakatlari ham öz gazetalariga ega böldi. E’tiborlisi – ba’zi gazetalar qöşni davlatlarda bosmadan çiqar edi. Bu bilan gazetaning hokimlardan mustaqilligi ta’minlanardi.
Davriy matbuot kuçini birinçi bölib fransuz davlat arbobi, kardinal Rişele (1585— 1642) tuşunib yetdi. U bu vositaning omma fikriga neçoğlik ta’sir etişini, xabarlarni ustalik bilan tuziş orqali odamlar ongi ustidan manipulyatsiya qiliş mumkinligini anglab yetib, bundan unumli foydalanardi. Rişele 1631 yilda asos solgan «La Gazette» 1915 yilgaça yaşadi.
XVII asrning birinçi yarmigaça barça gazetalar haftalik bölgan, ammo 1650 yilda gazetaçilikda inqilob yuz beradi – Leypsig şahrida «Einkommende Zeitung» kunlik gazetasi taşkil etiladi. 50 yildan söng esa «The Daily Courant» kunlik gazetasiga asos solinadi. Bu gazetalarda yirik hodisa va falokatlar haqida xabar berilardi, zero bu turdagi xabarlar qirollarning obrösiga soya solmasdi. Ammo öşa zamondayoq muxolif matbuot şakllanadi.
XIX asrda matbuotda haqiqiy «portlaş» yuz berdi – ma’lum sohaga ixtisoslaşgan gazetalar paydo böldi: adabiyot, sanoat va savdoga oid va hokazo. Xususiy gazetalar rasmiylarini bozordan siqib çiqara boşladi. Endi taşqi siyosat mavzusiga alohida e’tibor qaratila boşlandi.
XX asrga kelib esa gazetalarda içki siyosat, oddiy xalqning hayotini yoritiş ham yölga qöyildi. Davlat va siyosiy tuzumni tanqid qilişga, mamlakat içidagi muammolarni oçiqlaşga ixtisoslaşgan matbuot paydo böldi.
Senzura
Keyingi davrda davlat matbuotni senzura qilişga ötdi. Hukmron toifalar öz maqomlarini himoya qiliş va mustahkamlaş maqsadida matbuot faoliyatiga bosim ötkaza boşlaşdi. Ba’zida bunday bosim öta qattiq köriniş olib, söz erkinligini qiyin ahvolga solib qöyardi. Vaholanki bundan hamma, pirovardida, foyda emas, balki zarar körişi öz isbotini topdi.
Masalan, XIX asrning ikkinçi yarmi Rossiya imperiyasi uçun çinakamiga dramatik keçdi. Yevropada keçayotgan demokratik jarayonlarning şamoli Rossiyaga ham yetib keldi va mavjud rejimning qusurlarini oşkor qildi, davr talabiga javob bermasligini körsatib qöydi. Ziyolilar mavjud tuzumni isloh qiliş borasida fikrlar bildira boşlaşdi. Ammo voqealar rivoji boşqaça tus oldi va oxir-oqibat vaziyat töliq izdan çiqdi. Bunga ma’lum ma’noda senzura ham sababçi bölgandi.
Rossiya monarxi davlatçilikni isloh qiliş borasida turli tomondan yangragan mantiqli fikrlarga e’tibor qaratmadi, aksinça, matbuotni senzuraga tutdi. Ziyolilar, mutaxassislarning sadosi havoga uçdi. Keyinçalik yuz bergan voqealar aql va mantiq inkor bölgan joyda mantiqsizlik, aqlsizlik va xurofotlar in qurişini yana bir bor isbotladi.
Rossiyaning çekka qişloğidan çiqqan oddiy firibgar Grigoriy Rasputin monarx oilasining işonçiga kirib, imperatorning norasmiy maslahatçisi bölişga erişdi va butun imperiya miqyosidagi işlarga bevosita aralaşa boşladi. Matbuotni, hurfikrlikni senzuraga uçratgan monarx tuban xurofot – zalolat ta’siriga uçradi.
Buning natijasida holat töliq izidan çiqdi. Raso fikrlarga örin berilmagan joyda axborot maydonini «özgalar» egallaşi aksioma ölaroq ma’lum böldi. «Avval dunyoni asosigaça buzib, keyin qaytadan tuziş» ğoyasi bilan maşhur bölgan toifa – öşa paytda Rossiyada şakllangan «revolyutsionerlar» toifasi öz matbuoti bilan avom xalqning e’tiborini öziga ağdara boşladi.
Oqil fikrlar havoda muallaq qolgani bois sodda omma ongini manipulyatsiya qiluvçilar uçun qulay muhit yuzaga keldi. Senzura unga yöl qöygan monarxning özi uçun ayançli oqibat keltirdi.
Pirovardida millionlab odamlarning hayotini ostin-ustin qilib yuborgan, dunyoda özgaça manzarani yuzaga keltirgan, quruqlikning bir qismida nomi sotsialistik, mohiyatan esa totalitar bölgan tuzumlarning yuzaga kelişi bilan keçgan özgarişlar yuz berdi. Bu vaziyat yuzaga kelişida, yuqorida aytganimizdek senzuraning ham öz örni bor.
Yakuniy bosqiç
Har bir jarayon öz evolyutsion rivojlaniş bosqiçlariga ega bölişini – boşi va poyoni bölişini tarix körsatdi. Xususan, söz, fikr erkinligiga qarşilik borib-borib mudhiş, absurd manzaralarni paydo qilişiga insoniyat takror guvoh böldi.
Senzura ekstremistik inqilobga zamin yaratdi. Işlarning mantiqiy davomi bolşeviklar tuzumi yuzaga kelişi bilan yakunlandi.
Matbuot töliq davlat nazoratiga ötdi, tanqidiy fikrlar man qilindi. Sovet tuzumi nomi birgina sözi uçun juda köplab ziyolilarni qatl qilgani bilan ham tarixda qoldi.
Mazkur tuzum öz asoratlarini qoldirmay qolmadi, albatta. Surunkali dardga aylangan özgaça fikrga çidamsizlik, axborot sohasini monopoliya qilişga moyillik xususan öşa davrga xos odatlardan. Majburiy obuna ham aynan öşa davrning – yuz yil avval fikr qatağoni evaziga yuzaga kelgan tuzumning mohiyatan «farzandi»dir.
Devordagi yozuv
Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti Jurnalistika maktabi devoriga örnatilgan toşga Jozef Pulitser – bu universitetga asos solgan, maşhur gazeta noşiri bölgan, AQŞdagi eng obröli mukofotlardan biri uning nomi bilan atalgan kişining quyidagi sözi öyib yozilgan: «Bizning respublika va uning matbuoti ikkovi birga yuksakka kötariladi yoki ikkovi birgalikda qulaydi. Iqtidorli, beğaraz, jamiyatga yuzlangan, haqni nohaqdan ajrata oladigan va uni himoya qila oladigan matbuot jamiyat fazilatini saqlab qola oladi. Bu fazilat bölmasa hukumat muğombirlik va tahqirlaş omilidir. Orsiz, sotiladigan va demagogik matbuot öziga mos odamlarni yuzaga keltiradi. Respublikaning kelajagini şakllantiriş huquqi jurnalistlarning kelgusi avlodi qölida».