Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya armiyasining 2019 yil uchun bosh vazifasini ma'lum qildi
Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vazirligi yig‘ilishida Rossiya armiyasining 2019 yil uchun bosh vazifasi “yadroviy uchlik” jangovar salohiyatini mustahkamlashdan iboratligini aytdi. Putinning aytishicha, “raketalarga qarshi istiqbolli mudofaa tizimlari”ni yaxshiroq yenga oladigan zamonaviy qurolga tezroq o‘tish lozim.
“Global ustuvorlikni saqlashda muhim rol o‘ynovchi yadroviy uchlik sezilarli mustahkamlandi. Bunda zamonaviy qurol ulushi 82 foizni tashkil qiladi. Dunyoda muqobili yo‘q, eng yangi qurolni rivojlantirishda jiddiy ilg‘or qadamlar amalga oshirildi”, deb aytgan Putin.
Rossiya prezidentining ta'kidlashicha, gap “Avangard” raketa majmuasining seriyali ishlab chiqarilishi boshlangani, “Sarmat”ning muvaffaqiyatli sinovlari, “Kinjal” gipertovush majmuasining tajribaviy-jangovar navbatchilik olib borishi, “Peresvet” jangovar lazer majmualarini qo‘llashni mashq qilish haqida bormoqda.
Putin mudofaa-sanoat majmuasi va qurol-aslaha sohasidagi zamonaviy ishlanmalar mamlakatning xavfsizligini uzoq yillarga ta'minlashga imkon berishini ta'kidlab o‘tgan.
Shu bilan birga, Rossiya rahbari qurollarga xarajatlar bo‘yicha ustuvor jihatlarni to‘g‘ri belgilay olish, pullarni sochib tashlamaslik, bir rubl ham belgilanmagan maqsadda ishlatilmasligiga chaqirgan.
Mavzuga oid
22:33 / 09.01.2026
Tramp Putinga sabr-toqati tugayotgani haqida signallar yubormoqda – OAV
09:26 / 05.01.2026
Tramp RFning Putin qarorgohiga zarba berilgani haqidagi bayonotiga ishonmayapti
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
14:05 / 31.12.2025