Hukumat 2018 yilning dekabridan boşlab davlat ğaznaçilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga çiqariş töğrisida qaror qabul qildi.
Norma’ning yozişiça, hukumatning tasarrufida bölgan barça aktivlar bilan ta'minlangan davlat qimmatli qoğozlarini Moliya vazirligi çiqaradi. Idora moliya yilida çiqarilişning çeklangan miqdorlari töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi, har bir çiqariliş miqdori va muddatlarini, ular böyiça tölovlarning davriyligi va foiz daromadi miqdorini belgilaydi, şuningdek ikkilamçi bozorda sotib oliş va ularni muddatidan oldin söndiriş operatsiyalarini amalga oşiradi. Markaziy bank fiskal agent sifatida davlat qimmatli qoğozlari çiqarilişlarini Moliya vazirligi nomidan va hisobidan ÖzRVB savdo maydonçasi orqali joylaştiradi va söndiradi.
Ular tijorat banklari va yuridik şaxslar – mamlakatimiz rezidentlari (dilerlar) örtasida hujjatsiz şaklda (elektron şakldagi hisob registrlaridagi yozuvlar körinişida) joylaştiriladi va amaldagi qoidalarga köra qimmatli qoğozlar bozorida muomalada böladi. Şu jumladan ular kreditlarning garov ta'minoti va RePO (qayta sotib oliş şarti bilan tuzilgan qimmatli qoğozlarning oldi-sotdi) şartnomalarining predmeti bölib xizmat qilişi mumkin. Investor, ya'ni diler bilan tuzilgan şartnoma asosida qimmatli qoğozlarni sotib oluvçi yuridik şaxs – Özbekiston rezidenti bölişi mumkin.
Qimmatli qoğozlarning nominal qiymati milliy valyutada ifodalanadi va 1 mln sömni taşkil etadi. Bunda ular quyidagiça tabaqalaştiriladi:
a) ular egalarining daromadlarni oliş usuli böyiça:
• kupon stavkasi, ya'ni qat'iy belgilangan foizli daromad bilan – egasi qimmatli qoğozlar muomalada böladigan butun muddat mobaynida ularning nominal qiymatiga hisoblanadigan foizlar körinişida daromad oladi. Foiz stavkasini Moliya vazirligi belgilaydi;
• nol kupon stavka bilan, ya'ni diskont obligatsiyalar – foizlar hisoblanmaydi, egasining daromadi esa sotib oliş (sotiş) va söndiriş narxi örtasidagi farqni taşkil etadi;
b) joylaştiriş muddati böyiça:
• ğaznaçilik majburiyatlari – qisqa muddatli (1 yilgaça);
• ğaznaçilik obligatsiyalari – örta muddatli (1 yildan 5 yilgaça) va uzoq muddatli (5 yildan ortiq).
















