Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Puma 1986 yilgi “aqlli” krossovkalar modelini qaytadan ishlab chiqardi
Ilgari u kompyuterga sim bilan, hozirda esa Bluetooth orqali ulanadi.
1986 yilda Puma kompaniyasi RS-Computer ilk “aqlli” krossovkalarni chiqargan edi. Ular qadam, sarflangan kaloriya, vaqt va masofani krossovkaga o‘rnatilgan chip yordamida hisoblardi. Bu ma'lumotlardan foydalanish uchun oyoq kiyimni sim bilan Apple IIe, Commodore 64/128 yoki IBM PC Computerʼiga ulash talab etilgan.
2018 yilda kompaniya RS-Computerʼni ilk dizaynda, biroq yangi funksiyalar bilan qayta ishlab chiqarishga qaror qildi.
Yangi RS-Computer ma'lumotlarni sim emas, Bluetooth orqali yetkazadi. Ma'lumotni esa RS-Computer Shoe ilovasi orqali ko‘rish mumkin. U 8-bitli grafika yordamida eski kompyuterlar interfeysiga o‘xshatib ishlangan.
Krossovkalar 30 kunlik ma'lumotni saqlay oladi. Har oy ma'lumotlar yangilanadi.
Krossovkaning orqa qismida quvvat oldirishga mo‘ljallangan USB uchun joy va ikkita indikator bor: biri quvvat darajasini, ikkinchisi esa kun davomida bosilgan qadamlar soniga ko‘ra maqsadga erishilgani bo‘yicha ma'lumotni aks ettiradi.
Puma krossovkalari jami 86 juft, ularni AQSh, Yaponiya, shuningdek London va Berlin do‘konlaridan ham xarid qilish mumkin.
#foto #puma
Mavzuga oid
23:21 / 08.04.2026
Dunyoga mashhur brendlar O‘zbekistonda kontrafakt mahsulot bo‘yicha sud ishida yutib chiqdi
13:12 / 01.11.2025
O‘zbekistonlik tadbirkor Puma brendini ruxsatsiz ishlatgani uchun 40 mln so‘m to‘laydi
16:15 / 04.07.2024
Omadsiz sportchi tashkil etgan kompaniya - jahonga mashhur Nike qanday paydo bo‘lgandi?
16:45 / 05.12.2023