Vensen Kraz
Foto: REUTERS/Philippe Wojazer

Jurnalistlar ma'lumotiga ko‘ra, Kraz Mahmudovning yaqinlari va Fransiyadagi mulkini himoya qilishga rozi bo‘lgan. U Monako, Lyuksemburg va Kiprdagi ofshorlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarga rasmiylashtirilgan. Pullar Mars firmasi hisob raqamlariga o‘tkazilgan, u 2017 yilgi prezidentlik saylovlarida Makronning g‘alabasidan so‘ng tashkil etilgan va Monakoda ro‘yxatdan o‘tgan. Kraz - uning yagona aksiyadori.

Forbes jurnali tomonidan tayyorlangan, Rossiyaning 2018 yildagi eng boy odamlari ro‘yxatida Mahmudov 7,3 mlrd dollar bilan 16-o‘rinni egalladi. U Ural kon-metallurgiya kompaniyasiga egalik qiladi. Mediapart Mahmudovni Vladimir Putinga yaqin oligarx, deb ataydi.

2018 yilning yozida Vensen Kraz lavozimidan bo‘shatildi va hibsga olindi - bu Le Monde gazetasi kuzatuv kameralaridan yozuvlarni e'lon qilganidan keyin yuz berdi. Ularda u Makronning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Aleksandr Benall bilan birinchi may mitinglari ishtirokchilarini do‘pposlayotgani tasvirlangan.