Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston FIFA reytingida yilni 95-o‘rinda yakunladi
FIFA terma jamoalarning dekabr oyi yakuniga ko‘ra reyting jadvalini e'lon qildi.
Unda O‘zbekiston termasi 1251 ochko bilan 95-o‘rinni egallab turibdi. «Oq bo‘rilar»ning ochkosi va o‘rni o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarmadi.
Osiyo miqyosida O‘zbekiston terma jamoasi 14-o‘rinda bormoqda. Reytingni 1481 ochko jamg‘argan Eron terma jamoasi boshqarib turibdi. Keyingi o‘rinlarda Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Suriya terma jamoasi borishyapti.
O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi guruh bosqichidagi raqiblari Yaponiya dunyo reytingida 50-o‘rinni (Osiyoda 3-o‘rinni), Ummon dunyo reytingida 82-o‘rinni (Osiyoda 10-o‘rinni) va Turkmaniston dunyo reytingida 127-o‘rinni (Osiyoda 25-o‘rinni) egallab turibdi.
Dunyo reytingining yuqori qismida o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarish bo‘lmadi. Birinchi o‘rinda 1727 ochko jamg‘argan Belgiya, ikkinchi o‘rinda 1726 ochko jamg‘argan Fransiya, uchinchi o‘rinda 1676 ochko jamg‘argan Braziliya joylashgan.
Mavzuga oid
09:41 / 04.07.2026
Kannavaro, ichki muhit, alamli 11 gol va Ronalduga qarshi jang: Rustam Ashurmatov bilan eksklyuziv suhbat
23:50 / 01.07.2026
Bosh vazir futbolchilardan milliy jamoani tanqid qilgan «divan ekspertlarini» kechirishni so‘radi
21:25 / 01.07.2026
Jahon chempionatidan qaytgan O‘zbekiston milliy jamoasi tantanali kutib olindi
03:11 / 28.06.2026