18:54 / 20.12.2018
32038

Putin Trampning saylanishi, byurokratiya va dunyoni boshqarishga urinayotgan kuchlar haqida 

Foto: RIA Novosti

Donald Trampning prezident saylovidagi g‘alabasini tan olishni haligacha istashmayapti, bu saylovchilarga nisbatan hurmatsizlikdir, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

U bu haqda jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytdi.

"Tramp g‘alaba qozondi – bu ochiq-oydin fakt, bu borada hech kim bahslashmaydi, ammo bu g‘alabani tan olishni istashmayapti. Axir bu saylovchilarga nisbatan hurmatsizlik-ku. G‘alabani tan olishni xohlashmayapti, bularning barchasi amaldagi prezidentni chetlashtirish uchun bo‘lyapti", dedi Putin.

U shuningdek, Tramp bilan yana uchrashishga tayyorligini ma'lum qildi.

"AQSh prezidenti Tramp bilan uchrashuvimiz bo‘ladimi yoki bo‘lmaydimi? Buni bilmayman. Biz bunga tayyorligimiz haqida ko‘p marta aytganman, biz birgalikda muhokama qilishimiz kerak bo‘lgan savollar bor deb hisoblayman", dedi Rossiya prezidenti.

Putin dunyoni boshqarishga urinayotgan kuchlar haqida ham o‘z fikrini bildirdi. Uning aytishicha, Rossiya dunyoni boshqarishga urinayotgan kuchlarning qarorgohi qayerda joylashganini biladi.

"Dunyoni boshqarishga keladigan bo‘lsak: biz bunga harakat qilayotgan kuchlarning qarorgohi qayerda joylashganini bilamiz. Va u Moskvada emas. Bu Qo‘shma Shtatlarning jahon iqtisodiyotidagi yetakchi roli, mudofaaga sarflanayotgan 700 milliard dollardan ortiq xarajatlar bilan bog‘liq", dedi u.

Top