Asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik milliarder Alişer Usmonov Rossiyaning Forbes naşriga intervyu berdi. Unda tadbirkor Özbekistondagi roli, Şavkat Mirziyoyevga bölgan munosabati va kelajakka oid rejalari haqida gapirdi. 

«Bugungi kunda «Metalloinvest» özbek metallurgiya kombinati bilan yangi bozor sifatida boğlangan. Mendan Özbekistonda MISiS (Rossiya texnik universiteti, Rossiyadagi eng yetakçi texnologik OTMdan biri) filialini taşkil etiş söralganida, men özimizda bölgan tajribadan foydalanişni taklif qildim. Şu sababli uşbu loyiha bilan «Metalloinvest» ham şuğullandi. Bu boşqalarga nisbatan juda kiçik loyiha. Biz MISiS’ga har doim yordam berganmiz va şaxsan özim ham kömak körsatganman. 

Özbekistonga yangi xomaşyo - issiq briketlar yetkazib beryapmiz. U yerda yaxşi kadrlar bölişidan manfaatdormiz. Şunda işlab çiqariş ösadi, bizning yetkazib beriş hajmlar ham ortadi. Toşkentda yangi metallurgiya zavodi qurilmoqda. Olmaliqda rangli metallurgiya ham mavjud. Ularga mutaxassislar kerak - metallurglar, konçilar. Biz bu işda iştirok etişdan mamnunmiz. Birinçidan, men ona vatanimga yordam beryapman. Ikkinçidan, MISiS kadrlar tayyorlaş geografiyasini kengaytirmoqda. Bu özaro manfaatli.

Özbekistonlik yigitlarning Moskvada öqişi uçun, biz endaumentga ma'lum bir summani qöydik. U yerda gap kiçik mablağlar haqida ketmoqda, bu faqat boşlanişi - 100-200 million rubl. Men bu pullar Özbekistondan bölgan talabalar uçun işlatilişi uçun u yerga ança jiddiy mablağlarni ajratmoqçiman», - dedi A. Usmonov.