Qozoğiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmatining eslatişiça, 7 dekabr kuni Neft eksport qiluvçi davlatlar taşkiloti (OPEK+) yiğilişi bölib ötdi, uning yakunlari böyiça 2019 yil yanvaridan boşlab 6 oy davomida OPEK+ mamlakatlarining qazib oliş darajasini çeklaş töğrisida qaror qabul qilindi.
«Qozoğiston bu qarorga qöşilişga tayyor ekanini bildirdi va neft qazib olişni sutkasiga 40 ming barrelgaça qisqartiriş böyiça öziga olgan majburiyatlarni bajariş uçun barça zarur çoralar köriş niyatida», - deya ta'kidlaydi vazirlik.
Uning ma'lumotlariga köra, joriy yilning törtinçi çoragida jahonda neftga kotirovkalar pasayişi kuzatildi, bunga geosiyosiy omillardan taşqari, jahon iqtisodiyotida tobora ösib borayotgan noaniqlik ham ta'sir körsatmoqda. Qayd etilişiça, u neft va neft mahsulotlari iste'moli ösiş sur'atlari umumiy pasayişiga olib kelyapti.
Şu munosabat bilan jahon neft bozorining muvozanatini saqlab qoliş uçun OPEK+ mamlakatlari qazib olişni sutkasiga 1,2 mln barrelga kamaytirişga qaror qilişdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron neft qazib olişni qaçon va qanday şartda qisqartirişini ma'lum qilgandi.












