Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQShga S-400 bo‘yicha taklif haqidagi xabarlarga izoh berdi
Foto: Aleksey Pavlishak/TASS
Turkiya tashqi ishlar vazirligidagi manba Amerikaning Bloombreg agentligi tomonidan tarqatilgan xabarni tasdiqlamadi. Unda Anqara Vashingtonga Rossiya tomonidan yetkazib beriladigan S-400 zenit raketa komplekslarini tadqiq etishni taklif qilgani aytilgandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Xabar berilishicha, muzokaralar chog‘ida Turkiya va AQSh S-400 NATO tizimlaridan mustaqil tarzda foydalanilishi haqidagi qarorga kelgan. Shuning uchun Anqaraning Rossiyadan zenit raketa komplekslari sotib olinishi Amerikaga qarashli F-35 qiruvchilariga zarar yetkazmaydi va ularga aloqador ma'lumotlarni oshkor qilmaydi.
«Shu maqsadda tegishli choralar ko‘rildi, bizning texnik mutaxassislar esa ikki tomonlama muzokaralar olib borishi mumkin», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan manba.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya AQShga S-400 bo‘yicha taklif bilan chiqqani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
00:14
Yaqin Sharqdagi urush: AQSh va Eron uchuvchilarni izladi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
11:02 / 04.04.2026