O‘zbekiston | 16:10 / 21.12.2018
24544
2 daqiqa o‘qiladi

Uzcard kartalarini endi bankomatlar orqali naqd pul bilan to‘ldirish mumkin

Foto: Depositphotos

Endi Uzcard karta egalarida o‘z plastik kartalarining hisobini bankomatlar orqali pul mablag‘i bilan to‘ldirish imkoni bor.

Uzcard cash-in funksiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi yangi bankomatlar haqida ma'lumot berdi. NCR SelfServ 6632 rusumidagi yangi bankomatlar orqali Uzcard kartani mustaqil ravishda pul mablag‘i bilan to‘ldirish imkoni yaratilgan. 

«cash-in va cash-out funksiyalaridan tashqari, ushbu bankomatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el valyutasini mahalliy pul birligiga konvertatsiya qilish imkoniyati yaratilgan. Valyutalar kursi esa, komissiya to‘lovlarisiz ushbu bankomatga xizmat ko‘rsatayotgan bank tomonidan o‘rnatiladi. Aytib o‘tish joizki, xizmat ko‘rsatish doirasi keng hisoblangan ushbu bankomatlarni, bemalol “minibanklar” deb atash mumkin», - deyiladi xabarda.

Yuqorida sanab o‘tilgan qulayliklar mujassamlashgan bir qator bankomatlarga quyidagi banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda:

Agrobank
Xalq banki
Ravnaq-bank
KDB
Hi-Tech bank

Mavzuga oid