Özbekiston Respublikasi «Davavianazorat» inspeksiyasi Birlaşgan Arab Amirliklarining Flydubai aviakompaniyasini Dubay-Toşkent yönalişi böyiça doimiy aviataşuvçi sifatida tasdiqladi. Bu loukoster avval tayinlangan Emirates Airline taşuvçisi örnini egalladi.

Inspektsiya matbuot xizmati tomonidan xabar qilinişiça, bunday kelişuv 8-10 dekabr kunlari BAAning işbilarmon doiralari bilan muzokaralar ötkaziş uçun jönatilgan Özbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida, Özbekiston Respublikasi «Davavianazorat» inspeksiyasi vakillari BAAning Dubay Amirligi aviatsiya ma'muriyati bilan ötkazilgan muzokaralar yakunida tuzilgan.

Muzokaralar çoğida Özbekiston va BAA örtasidagi havo qatnovlarining hozirgi holati va kelajakdagi istiqbollari, Flydubai aviakompaniyasi tomonidan Özbekistonga qatnovlarni amalga oşiriş, qatnovlar soni va kelişilgan qatnovlardan foydalanişda özaro foydali tijoriy hamkorlik masalalarini muhokama qiliş maqsadida tayinlangan aviakompaniyalar («Özbekiston havo yöllari» MAK va Flydubai) örtasida aloqalarini örnatiş kabi masalalar muhokama qilingan. 

Muzokaralar natijalariga köra tegişli Bayonnoma imzolangan, unga muvofiq, avval tayinlangan Emirates Airline taşuvçisi örniga Flydubai aviakompaniyasi Dubay-Toşkent yönalişi böyiça doimiy aviataşuvçi sifatida tayinlangan. 

Flydubai aviakompaniyasiga Dubay va Toşkent örtasida haftasiga 5 marta, IATA Summer 2019 mavsumidan boşlab haftasiga 2ta qöşimça muntazam yölovçi qatnovlarini amalga oşiriş huquqi berilgan.

Eslatib ötamiz, 2018 yilning yanvarida Özbekiston hukumati tomonidan mamlakatga kam byudjyetli aviakompaniyalarni jalb etişni nazarda tutuvçi qaror qabul qilingandi. 28 fevral kuni esa «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi raisining birinçi örinbosari Umid Husanov 2018 yil oxirigaça «milliy loukosterni taşkil etiş böyiça işlar» yakuniga yetişini ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uçun, loukoster — kam byudjyetli aviakompaniya bölib, bunday aviakompaniya ekspluatatsiya xarajatlari pastligi va boşqa bir qator omillar hisobiga çiptalarni past bahoda sotişga qurbi yetadigan aviataşuvçidir. Loukosterlar çipta narxini arzonlaştiriş uçun odatda yölovçi klassi bitta, siğimi unça katta bölmagan samolyotlardan foydalanadi, qönalğa sifatida çekka aeroportlarni tanlaydi, çiptalarni faqat öz sayti orqali sotadi, katta aviakompaniyalarni qiziqtirmaydigan nisbatan kiçik şaharlarga uçadi.