Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina birinchi prezidenti mamlakatning YeIga kirish muddatini ma'lum qildi
Ukraina birinchi prezidenti Leonid Kravchukning ma'lum qilishicha, Ukraina Yevropa ittifoqiga a'zo bo‘lishi uchun 10 yil kerak bo‘ladi. Bu haqda RT xabar qilmoqda.
«Mening fikrimcha, Yevropa ittifoqiga a'zo bo‘lish uchun 10 yilgacha vaqt kerak bo‘ladi», - dedi Kravchuk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu yo‘lni bosib o‘tish uchun Ukraina islohotlarni amalga oshirishi, korrupsiyani bartaraf etishi va investitsiyalar uchun texnologik hamda investitsion sharoitlarni yaratishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya OAV Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi «uchinchi jahon urushi» haqida yozgandi.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026