Özbekistonga taşrif buyuruvçi xorijliklarning aksariyati Toşkent şahriga kelgan. Sayyohlarning 58 foizi Toşkentga kelgani va bu yerda töxtagani haqida ma'lum qilgan. Kun.uz muxbiri "Turizmning oq kitobi"dagi ma'lumotlar asosida şu haqida xabar berdi.
Sayyohlar eng köp taşrif buyurgan Özbekiston şaharlari orasida ikkinçi örinni 31 foiz körsatkiç bilan Samarqand egallagan. Uçinçi örin 25,6 foiz ovoz bilan Buxoro şahriga nasib etgan. Şu bilan birga, Xiva (13,3 foiz), Termiz (6,5 foiz) va Nukus (4,5 foiz) şaharlari ham sayyohlarning sevimli maskanlari sifatida e'tirof etilgan.
Biroq bir şaharda qoliş muddati böyiça esa Termiz şahri yetakçilik qilmoqda, bu yerda bir xorijlik örtaça 6,2 kun mehmon bölgan. Nukus şahrida mazkur körsatkiç 5,7 kunni, Toşkentda - 5 kunni, Xivada - 3,7 kunni, Samarqandda - 2,6 kunni va Buxoroda 2,4 kunni taşkil qildi.
Uzoq muddatga kelgan xorijliklarga kelsak, ular asosan qarindoş-uruğlari va döstlarinikiga hamda ta'lim oliş maqsadida kelişgan. Masalan, Nukus şahrida 10 kundan ortiq qolgan mehmonlar bu yerga ta'lim maqsadlarida kelganlarini ma'lum qilişgan. Termizda 10 kundan köp muddatga qolgan 80,1 foiz kişi qarindoş-uruği va döstlarinikiga taşrif buyurgan. Toşkent şahrida uşbu körsatkiç 62,5 foizni taşkil qilgan.
"Turizmning oq kitobi 2018"dagi ma'lumotlar Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Axborot-tahlil boşqarmasi va Davlat statistika qömitasi tomonidan 2018 yilda sayyohlar orasida ötkazilgan sörovnomalar asosida töplangan. Sörovnomalar Özbekistonga bir kundan ziyod muddatga taşrif buyurgan, bu yerga işlaş maqsadida kelmagan sayyohlar örtasida ötkazilgan. Sörovnomalar maqsadi - Özbekistondagi turizm statistikasini yuritiş va kiriş turizmi rivojlanişini örganiş, şuningdek xorijiy sayyohlarning talab va ehtiyojlarini aniqlaş.













