G‘arbiy Avstraliyaning Brum shahrida yashovchi Trevis Pauer plyajda ulkan og‘iz va o‘nlab paypaslagichlarga ega dengiz mavjudotini topib oldi, deb xabar berdi Daily Express.
U bu mavjudotning qanday jonivor ekanligini aniqlay olmagan va uni olimlarga bergan.
"Avvaliga u menga o‘lik yoki zaharlidek tuyuldi, chunki u qimirlamasdi va rangi o‘ziga xos edi", dedi Pauer.
Dengiz biologlari bu jonivorning aktiniya ekanligini ma'lum qilishdi.















