19 dekabr kuni Qozoğiston energetika vaziri K.Bozumbayev hukumat yiğilişida Qozoğistonda motor yonilğisi narxlarini qöşni mamlakatlardagi narxlar bilan taqqosladi.
Tadbir davomida ma'lum bölişiça, Qozoğiston neft mahsulotlari bozoridagi vaziyat barqaror, yoqilği-moylaş materiallarining yetişmasligi kuzatilmayapti. Qozoğistonda AI-92 benzinining örtaça çakana narxi 154,8 tenge/l (3475,26 söm). Qozoğistonda dizel yoqilğisi narxi - 193,2 tenge/l (4337,34 söm).
2018 yil 10 dekabr holatiga köra, respublika neft bazalarida yoqilği-moylaş materiallarining qoldiği miqdori içki bozorning ehtiyojlarini qondiriş uçun yetarli: AI-92 benzini zaxirasi - 267,5 ming tonna, dizel yoqilğisi - 143,2 ming tonna.
Taqqoslaş uçun K.Bozumbayev qöşni mamlakatlardagi yoqilği quyiş şoxobçalarida mavjud bölgan örtaça narxlarni keltirdi.
Uning sözlariga köra, Rossiya Federatsiyasida benzinning çakana narxi 230,5 tenge (5174,73 söm), Özbekistonda - 273 tenge (6128,85), Qirğizistonda - 234 tenge/l (5253,30).
Rossiya Federatsiyasida dizel yoqilğisi narxi - 246,5 tenge (5533,93 söm), Qirğizistonda - 250,8 tenge (5630,46), Özbekistonda - 208 tenge/l (4669,60).
Eslatib ötamiz, 16 noyabrdan Özbekistonda 1 litr AI 80 çakana narxi 4000 sömga teng, AI 91 - 4500 söm, dizel yoqilğisi 4800 söm va EKO dizel yoqilğisi 4900 sömni taşkil etadi.
Şu bilan birga, noyabr oyi örtalarida Toşkentdagi «Lukoyl» yoqilği quyiş şoxobçalarida import qilinadigan Rossiya benzini va dizel yoqilğisi narxi yangilandi:
- AI-92 – 7200 söm;
- AI-95 – 7800 söm;
- Dizel yoqilğisi - 8000 söm.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Özbekneftgaz» rahbari prezidentning benzin narxi pasayişi haqidagi sözlarini tuşuntirgandi












