Joriy yilda Tojikiston 1,3 mln tonna sement eksport qildi, bu respublikada 11 oy davomida işlab çiqarilgan umumiy hajmdan 40%ni taşkil etadi, deb yozmoqda Asia-Plus.

Mamlakat Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi ma'lumotlariga köra, Tojikiston sement zavodlari bu vaqt içida 3,5 million tonna sement çiqargan. Respublikada bu quriliş materiali tarixda birinçi marta bunday hajmlarda işlab çiqarildi. 2017 yil davomida mamlakatda 3,1 million tonna sement işlab çiqarilgandi.

Şu bilan birga, Tojikistonda işlab çiqarilgan 1,3 million tonna sement yanvar-noyabr oylarida qöşni mamlakatlarga yetkazib berildi.

Xususan, Özbekistonga 738 ming tonna, Afğonistonga 481 ming tonna, Qirğizistonga esa 85 ming tonna eksport qilindi.

Hozir Tojikistonda sement işlab çiqariş bilan 13ta korxona şuğullanmoqda, ularning umumiy quvvati yiliga 5 million tonnani taşkil etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston importni keskin köpaytirgani xabar berilgandi.