Iqtisodçi Behzod Hoşimov ba’zi iqtisodiy haqiqatlar misolida mamlakatdagi ayrim masalalarga öz nuqtai nazarini keltirib bayon etadi.

Majburiy obunaning makroiqtisodiyotga ta’siri bor. «Ana xolos!» — deysizmi?

Yöq, uning ta’siri hisobotlarda körinmaydi, albatta. Gap boşqa yoqda — «ixtiyoriy» majburlaş iqtisodiyotdagi resurslarning samarali taqsimlanişiga tösqinlik qilib, hammaning ma’lum miqdorda qaşşoqlaşişiga xizmat qiladi.

Raqamlar şunçalik kiçkinaki, ularga heç kim ahamiyat bermaydi, iqtisodçilar xohlasalar ham, majburlov çoralari natijasida iqtisodiyotga yetayotgan zarar hajmini hisoblay olişmaydi.

Deylik, obunani emas, çet eldan kelgan maşinalarga boj qöyib, mahalliy zavodlarda çet el detallaridan yasalgan maşinalar sotib olişga sizni majburlaşdi. Bojlar ham majburiy, obuna ham — bular ayni bir narsalar bölib, farqi iqtisodiyotga yetadigan zarar miqdorida.

Nima uçun bojlar bilan majburiy obuna bir narsa?

Çunki ikkovida ham pulingizni qayerga işlatilişini özingiz tanlamayapsiz, sizga ixtiyor berişmayapti. Siz özingiz işlab topgan pulingizni qayerga va qanday miqdorda işlatilişini birov belgilaşi iqtisodiyotni kiçraytiradi. Nega? Çunki muassasa (kim bölişidan qat’i nazar) sizning xohiş-u istaklaringizni sizdan köra yaxşiroq bilmaydi. Şuning uçun iqtisodiyotdagi pul va resurslar taqsimoti optimal darajadan pastroq böladi.

Aytaylik, obuna narxi 10 ming söm bölsin. U bölmaganida, siz bu pulga taksida bir joyga borar edingiz. Obuna dastidan u joyga bora olmaysiz (obunaning muqobil xarajatlari). Demak, taksi haydovçisi ham bu puldan quruq qoldi, u endi sal kamroq göşt oladi, qassob esa sal kamroq un oladi, unçi esa sal kamroq şakar oladi va hokazo. Bu obuna hammani, örtaça olganda, sal-pal kambağallaştirdi.

Obuna evaziga kimningdir qozoni qaynaydi, deb öylaşingiz mumkin. Lekin şu bilan birga iqtisodiyotdagi pul notöğri taqsimlangan böladi. Ya’ni öz ixtiyoringiz bilan pulingizni işlatganingizda iqtisod sal-pal ösardi. Zero, obuna majburiy bölmasa öşa heç kim öqimaydigan gazetadagi işçilar muxbirlikdan köra boşqa kasb qilişlari mumkin edi. Inson resurslari töğri taqsimlanar edi. Eng muhimi — gazeta işçilari sizdan majburiy ravişda olinayotgan pul evaziga yaşayotgani uçun gazetaning sifati ustida işlaş istagi yöq, çunki ularning mehnati ular çiqarayotgan gazetaning daromadi bilan boğlanmagan. Çunki siz öz xohişingiz bilan obuna bölmadingiz-da!