Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APLda gol urish uchun eng kam vaqt sarflayotgan futbolchilar beshligi ma'lum bo‘ldi
«Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsiyal APLning ushbu mavsumida bitta gol urish uchun o‘rtacha 105 daqiqa vaqt sarf qilmoqda.
Actu Foot ma'lumotiga ko‘ra, bu – ligada 18-turdan keyingi eng yaxshi ko‘rsatkich.
Bu borada ikkinchi eng yaxshi natija «Arsenal» hujumchisi Per-Emerik Obameyangga tegishli. 12ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatini boshqarayotgan hujumchi har 116 daqiqada bittadan gol urmoqda.
Vaqt bo‘yicha mahsuldorlik borasida yuqori beshlikka Rahim Sterling («Manchester Siti», 134 daqiqa), Muhammad Saloh («Liverpul», 135 daq.) va Harri Keyn («Tottenhem», 161 daq.) kira olgan.
Mavzuga oid
12:36 / 25.11.2025
APLda noodatiy qizil kartochka ko‘rsatildi
13:01 / 20.10.2025
Mbappeda golli seriya, «Liverpul»da tarixiy mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari
15:35 / 18.10.2025
"Liverpul" "MYu"ga qarshi, Germaniyada klasiko. Hafta o‘yinlari anonsi
12:29 / 28.09.2025