Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketsa, Xitoy barqarorlikni saqlashda ko‘mak bermoqchi
Foto: AP Photo, Ng Han Guan
AQSh harbiylari soni Afg‘onistonda kamayadigan bo‘lsa, Xitoy hukumati bu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda ko‘mak beradi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin ma'lum qildi.
«Qo‘shma Shtatlar qanday harakat qilish kerakligini o‘zi hal qiladi. Xitoyga keladigan bo‘lsak, biz boshidanoq Afg‘oniston masalasida yagona va o‘zgarmas pozitsiyada turibmiz. Xitoy ilgarigidek, Afg‘oniston muammosi tinchlik, barcha manfaatdorlar tomonlarning birlashishi yo‘li orqali yechilishi tarafdoridir», – dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin Afg‘onistondagi nizoni kuch ishlatish yo‘li bilan hal qilish imkoniyatini inkor etadi.
«Xavfsizlik, barqarorlik va Afg‘onistonning rivojlanishi nafaqat ushbu mamlakat, balki butun Janubiy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi», – dedi Xua Chunin.
O‘tgan haftada CNN telekanali AQSh prezidenti Donald Tramp 2019 yil yanvarida Afg‘onistondan yetti minggacha amerikalik harbiylar olib chiqib ketilishi haqida ma'lum qilish mumkinligini bildirgandi.
Mavzuga oid
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
15:42 / 09.01.2026
“Sinxua”: 1–3 yanvarda O‘zbekistonga aviachipta bronlari 2 baravar ko‘paydi
07:56 / 08.01.2026