O‘zbekiston | 10:32 / 25.12.2018
10706
2 daqiqa o‘qiladi

Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi Shavkat Mirziyoyevni faxriy oltin nishon bilan taqdirladi

Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi ijroiya qo‘mitasining sayyor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasining “Kasaba uyushma harakati oldidagi xizmatlari uchun” faxriy oltin nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi taklif kiritildi.

O‘zA’ning yozishicha, Toshkentdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi ijroiya qo‘mitasining sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbariyati va mas'ul xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari va hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari rahbarlari, shuningdek, Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi ijroiya qo‘mitasi rahbarlari va a'zolari, Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning kasaba uyushmalari rahbarlari ishtirok etdi. 

Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi ijroiya qo‘mitasining sayyor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasining “Kasaba uyushma harakati oldidagi xizmatlari uchun” faxriy oltin nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi taklif kiritildi. 

O‘zbekiston Respublikasi mehnatkashlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta'minlash, umummilliy miqyosda ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, O‘zbekiston kasaba uyushmalari nufuzini oshirish borasidagi ulkan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasining “Kasaba uyushma harakati oldidagi xizmatlari uchun” faxriy oltin nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi taklif bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. 

Sayyor yig‘ilishda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasini Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi a'zoligiga qabul qilish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi va ushbu masala bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanib, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi a'zoligiga qabul qilindi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid