Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Ektor Kuper Osiyo Kubogi uçun Turkiyada ötayotgan tayyorgarlik yiğini davomida jurnalist Xayrulla Hamidov bilan suhbatda böldi va jamoatçilikda paydo bölayotgan ayrim savollarga javob berib ötdi.
– Osiyo Kubogiga boradigan 23 futbolçini tanlab olişda asosan nimalarga e'tibor qaratdingiz? Yiğinlardan könglingiz töldimi?
– Bu yiğinga 27 futbolçi bilan keldik, çunki hozir öyinçilar eng yuqori sport formasida böladigan payt emas – Özbekistonda futbol mavsumi tugagan. Şuning uçun ba'zi futbolçilar jarohat olib, safdan çiqişi ehtimoli bor. Buning oldini oliş maqsadida 3-4 nafar köproq futbolçini olib keldik.
Terma jamoaning özagi şakllanib ulgurdi, deyişimiz mumkin. Yiğinga köproq futbolçi olib kelib, ular örtasida raqobatni ham şakllantirişga erişdik, deb hisoblayman.
Darvozabonlarimizdan tört nafari ham hozir a'lo darajadagi sport formasida. Faqatgina Eldor Suyunov jarohati tufayli kela olmadi. Ulardan kuçli darvozabonlar yöq, demoqçi emasman. Qayerdadir adaşgan bölsak, unda bu bizning xatomiz böladi.
Ba'zi öyinçilarni bizga boğliq bölmagan sabablar bilan safdan çiqarişga majbur böldik. Ivan Nagayev jarohati sabab çetda qolyapti. U – ajoyib öyinçi, bundan afsusdaman.
Fozil Musayev jarohatidan yaqinda foriğ böldi. Klubida endigina 1-2ta öyinda maydonga çiqa boşladi. Lekin uning terma jamoa uçun juda kerakli ekanini hisobga olib, individiual mahoratiga işongan holda – garçi eng yuqori sport formasida bölmasa ham – uşbu yiğinga olib kelişga qaror qildik. (Musayev yakuniy röyxatdan ham joy oldi – tahr.)
– Vitaliy Denisovning sönggi yiğinga jalb etilmasligining sababi nimada? Eron bilan öyindagi xatolarimi, jismoniy holatimi yoki u murabbiy öyin uslubiga mos emasmi?
– Öyinçilarni har jihatdan tahlil qilib çiqamiz. Uni birinçi yiğinda kuzatdik, bundan keyin ham Rossiya çempionatidagi öyinlarini körib bordik. Asosiy omil sifatida hozirgi kundagi holatini aytişim mumkin.
Masalan, hozir Denisovni çaqiradigan bölsak, uning pozitsiyasida ikki juda yaxşi öyinçi bor: Farrux Sayfiyev va Oleg Zoteyev. Denisovni qöşiş uçun ulardan qaysi birini olib taşlaşimiz kerak? Qaysidir muxlis Zoteyevni körsatadi, boşqasi «Yöq, Sayfiyev kuçliroq» deyişi mumkin. Barçaning fikri har xil. Yakuniy qarorni esa murabbiy qabul qiladi. Agar bu xato bölib çiqsa ham, mas'uliyat uning yelkasida.


















