Mamlakatda ayollarga nisbatan erkaklar köproq suitsidga qöl urmoqda. Bu haqda «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari Dilorom Toşmuhammedova sözlariga tayanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Dilorom Toşmuhamedova – «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari

Ma'lum qilinişiça, respublika böylab öz joniga qasd qiliş holatlari köproq erkaklar bilan yuz bermoqda. Buxoro, Qaşqadaryo, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayollar qarama-qarşi jins vakillariga nisbatan köp suitsidni sodir etgan. Şunga qaramay, Özbekistonning boşqa hududlarida joniga qasd qilayotgan erkaklar soni ayollardan farqlanadi. 

Ta'kidlanişiça, Toşkent şahri jinslar örtasidagi nomutanosib suitsid holatlari böyiça birinçi örinda bölib, 69 foiz vaziyatda erkak kişi joniga qasd qilgan. 

Dilorom Toşmuhammedovaning aytişiça, suitsid holatlarining oşib ketişiga qisman OAVning ham «aybi bor». Uning sözlariga köra, jonga qasd qiliş haqidagi xabarlarning davomiy va destruktiv uzatilişi aholi örtasida şu holatga yaşirin tarğibotni kuçaytiryapti. 

Keyingi vaqtlarda Özbekistonda ösmirlar orasida öz joniga qasd qiliş holatlari haqida köp marta xabarlar tarqaldi.

Ma'lumotlarga köra, dunyoda har 40 daqiqada bir odam öz joniga qasd qiladi. Har yili 100 ming kişidan örtaça 11 kişi öz hayotiga çek qöyadi. Öz joniga qasd qiliş butun dunyo böyiça 15-29 yoşlilar örtasidagi ölimning ikkinçi sababi hisoblanadi. Bunday holatlarning 78 foizi örta va past daromadga ega davlatlarga töğri keladi. 

Özbekistonda esa 1990-2016 yillar davomida ösmirlar ölimi ikki baravar (400 nafar) oşdi. 2018 yilning 4 oyida 153 nafar ösmir öz joniga qasd qilgan.​​