Özbekistondagi oilalarning notinçlik sabablari aniqlandi. Unga köra, eng köp xavotirli va notinçlikni keltirib çiqarayotgan omil moddiy yetişmovçilik ekani ma'lum qilindi. Bu haqda «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hisobotida ma'lum qilingan. 

24 dekabr kuni «Poytaxt» işbilarmonlar markazida Press-klubning navbatdagi press-qahva formatidagi uçraşuvi bölib ötdi. Unda jurnalistlar bilan oçiq muloqot taşkil etgan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari Dilorom Toşmuhammedova oila masalalari böyiça ayrim raqamlarni oşkor etdi. 

Foto: Dilorom Toşmuhamedova – «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari

«Namangan viloyatining Töraqörğon tumani va Toşkent şahrining Olmazor tumanida oila masalasiga oid ilmiy-amaliy tadqiqot ötkazildi. Tajriba-sinov tariqasida tanlab olingan tumanlarda olib borilgan işlar natijalari böyiça yöl xarita işlab çiqildi. Şuningdek, 15730dan ortiq notinç oila aniqlanib, har bir oila bilan alohida iş olib borilişi nazarda tutilgan», – deydi markaz rahbari. 

Ma'lum qilinişiça, oilalarning notinçlik sabablari orasida moddiy yetişmovçilik (39,3 foiz) yetakçi bölmoqda. Bundan taşqari notinçlikni keltirib çiqaruvçi omillar sirasiga spirtli içimlik yoki giyohvandlikka ruju qöyiş (14,5 foiz), doimiy oilaviy janjallar (25,9 foiz), muqim turar joy yöqligi (5,7 foiz) kirgan. Boşqa sabablar tufayli oilaning notinç ekanligi (14,5 foiz) ham aniqlangan. 

Markaz tarqatgan xabarga köra, 3 mingga yaqin notinç oilalarning muammolari hamkor taşkilotlarga yönaltiriş orqali yeçimi topildi. Jumladan, ularning 23 foiziga moddiy yordam, 8,8 foizini uy-joyini ta'mirlaş, 15,1 foizini işga joylaştiriş, 9,9 foiziga davolaniş, 6,1 foiziga davolanişga order olişi, 3,8 foizi çorva mollari, 7,6 foiziga hujjatlari (pasport, guvohnoma, uy hujjatlari) masalasida, 5,5 foiziga homiylar mablaği yönaltiriş, 11,9 foiz oilalarga boşqa turdagi yordamlar körsatildi. 

2018 yil davomida 23554 nafar ajraliş arafasida turgan juftliklar yaraştirilgani aytildi. 

Ma'lumot uçun, 2018 yil 2 fevralda qabul qilingan «Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident farmonida oila instituti sohasida ustuvor yönalişlar va muhim vazifalar belgilab berilgandi. 

Şunga köra, «Oila» markazi jamiyatda oila institutini mustahkamlaş va rivojlantiriş, jamiyatda zamonaviy namunali oila mezonlarini joriy etiş sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni taşkil etiş va ötkaziş sohasida respublikaning yetakçi ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi sifatida taşkil etildi.