Jahon | 16:29 / 26.12.2018
12852
2 daqiqa o‘qiladi

2019 yilda AQSh va Xitoy savdo urushi iqtisodiyotga qanday ta'sir ko‘rsatishi aytildi

Foto: Pinterest

2019 yilda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushining aks sadosi nafaqat ikki mamlakat kompaniyalari, balki boshqa shirkatlarga ham ta'sir ko‘rsatadi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Shu tariqa, VDMA sanoat birlashmasi ma'lumotlariga ko‘ra, Germaniya mashinasozlik sektorida o‘sishning pasayishiga AQSh - Xitoy savdo urushi sabab, deb hisoblanmoqda. Kutilishicha, o‘sish real ravishda taxminan 5 foizga oshadi. Shu bilan birga, kelasi yil 2 foizga sekinlashadi.

Bundan tashqari, Yevropa va Yaponiyadan avtomobillar importiga AQShda bojlar joriy etilishi imkoniyati ham bor, bu jahondagi eng yirik iqtisodiyotlarga zarar yetkazishi mumkin. Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjouning hibsga olinishi keskinliklarni yanada orttirishi mumkin bo‘lgan kutilmagan voqealar xavfini tasvirlaydi, deya ta'kidlaydi agentlik.

Bloomberg’ning yozishicha, eng muhim masala shundaki, Vashington va Pekin 1 martga qadar savdo bitimiga erishishi juda dolzarb ahamiyatga ega. Agar mamlakatlar bu vaqtgacha ma'lum bir kelishuvga erishsa, unda tahdid global iqtisodiyotni chetlab o‘tadi, deyiladi materialda.

Biroq, hozirgi vaqtda bu keskinlikni saqlab qolish tahdidi biznesni, global iqtisodiyotni sekinlashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoy tovarlariga bojlar bo‘yicha bir qarorga kelgandi.

Mavzuga oid